Prezident tashrifidan so‘ng «Oila» markaziga mashinalar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Namangan shahar Davlat xizmatlari markaziga tashrifi davomida mazkur muassasaning uchinchi qavatida joylashgan «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat bo‘limi hamda Namangan innovatsiya markazi faoliyati bilan ham tanishgan edi.
— Xotin-qizlar qo‘mitalari vakillari endi yig‘ilishma-yig‘ilish yurmaydi, o‘z uchastkasidagi ayollar muammolari bilan shug‘ullanadi. Bu sohadagi eng katta illat — xotin-qizlar qo‘mitalari o‘z ortidan hech kimni ergashtirolmaydi. Bunga barham berilsagina, jamiyatimizdagi ma’naviy muhit o‘zgaradi, xotin-qizlar muammolari kamayadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari xotin-qizlar ishsizligining oldini olish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni, uy-joy sharoitini yaxshilash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

Prezident tashrifidan keyin «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Namangan shahar va 11 tuman bo‘limlariga «Spark» rusumli avtomashinalar sovg‘a qilindi. Bu haqda «Namnews.uz» portali xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter