Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylov oldidan Konstitutsiya va ayrim qonunlarga o‘zgartish kiritiladi

Saylov oldidan Konstitutsiya va ayrim qonunlarga o‘zgartish kiritiladi

Foto: Ozodlik

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan saylov tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Konun loyihasi bilan nazarda tutilayotgan yangiliklar Markaziy saylov komissiyasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, shuningdek qator mutasaddi idora va tashkilotlar ishtirokida muhokama qilingan, shu jumladan 2020-yilning may-iyun oylarida loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi tashkil etilgan.

Qonun loyihasi bilan:

  • O‘zbekiston Konstitutsiyasi;
  • «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun;
  • «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
  • Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Mazkur qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga ([email protected]) jo‘natishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda prezident saylovlari muddati ikki oy oldinga surilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring