Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident saylovi. Navalniy hamon umidini so‘ndirmagan

Prezident saylovi. Navalniy hamon umidini so‘ndirmagan

Aleksey Navalniy

Foto: «Themoscowtimes.com»

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning eng jiddiy raqibi Aleksey Navalniy martda o‘tkaziladigan prezident saylovida qatnashishdan chetlatilganiga qaramay, hukumatni ag‘darib tashlashdan umidini uzganicha yo‘q. Bu haqda «Yevronyus» xabar berdi.

Saylovlarga bir necha oy qolganda, Navalniy Rossiya elitasi vakillarining qo‘llab-quvvatlashiga erishganini aytmoqda.

— Matbuotda chiqishga to‘siq qo‘yilganiga qaramasdan, siyosatga qiziqqan kishi borki, ular oldida g‘olibmiz. Agarda menga saylovda qatnashishga ruxsat berilganida, milliy matbuotda chiqish qilishga qo‘yib berishganida, vaziyat umuman boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Lekin muhit yaxshi emas. Shuning uchun ham menga saylovda qatnashishga ruxsat berishmadi, — deydi Navalniy.

— Aniq ayta olamanki, o‘zini dunyo hukmdori deb his qiladigan bu odamdan hech kimning ko‘ngli to‘lmaydi. Suriyadagi urush uni holdan toydirdi. U yerda AQSh bilan birga urishyaptimi, Trampga qarshi urishyaptimi, hech kim hech nimani tushunmaydi, — deb qo‘shimcha qiladi u.

Dekabr oyida o‘tkazilgan oxirgi so‘rovlar natijalariga ko‘ra, Rossiyaliklarning 75 foizi saylovda ko‘rsatilgan 23 nafar nomzod orasidan Putinga ovoz berishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, moliyaviy muammolar sababli muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyga saylovlarda qatnashish taqiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring