Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasining asosiy qoidalari 5 tilga tarjima qilinib, BMTda tarqatildi

Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasining asosiy qoidalari 5 tilga tarjima qilinib, BMTda tarqatildi

Foto: «President.uz»

2017-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda bir yillik faoliyati bo‘yicha xalqqa hisob bergan davlat rahbari 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan murojaatnomasini o‘qib eshittirgan edi.

Ushbu murojaatnomaning asosiy qoidalari «2030-yilgacha Barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini amaliy ro‘yobga chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston hukumatining chora-tadbirlari to‘g‘risida» nomi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

«Xalq so‘zi online» nashrining xabariga ko‘ra, hujjat tashkilotning rasmiy tillariga (arab, ingliz, ispan, rus, fransuz va xitoy) tarjima qilindi hamda BMTda akkreditatsiyadan o‘tgan barcha diplomatik vakolatxonalarga tarqatildi, shuningdek, BMT rasmiy hujjatlari tizimida joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring