Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning xotin-qizlar to‘g‘risida qabul qilgan qarori jamiyatga nima beradi?

Prezidentning xotin-qizlar to‘g‘risida qabul qilgan qarori jamiyatga nima beradi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni «Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ushbu qarorning jamiyat rivojiga ta’siri haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

– Afsuski, bu jamiyatimizdagi og‘riqli masalalardan biri bo‘lib turibdi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rib turibmizki, ayollarga tazyiq o‘tkazish holatlari ko‘p uchrayapti. Joriy yilning o‘tgan davrida 2 ming 437 nafar ayol shunday muammolar bilan murojaat qilgan.

Prezident qaroriga asosan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning hududiy markazlari tashkil etiladi.

Ushbu hujjatda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar – opa-singillarimizning himoyasini jiddiy kuchaytirish va gender tengligini amalda ta’minlashga qaratilgan navbatdagi katta qadamdir.

Shu bilan birga, davlat rahbarining olib borayotgan gender siyosatida juda katta masala – ijtimoiy adolatni qaror toptirish va barqaror taraqqiyotni ta’minlash vazifasi yotibdi. Xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash boshqa jiddiy ijtimoiy masalalar - oila mustahkamligini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalash, ona va bola salomatligini mustahkamlash kabi vazifalar yechimini osonlashtiradi, – dedi Sherzod Asadov.

Prezident matbuot kotibi tomonidan bayon qilinishicha, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash siyosati izchil davom ettiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring