Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Budapeshtga jo‘nab ketdi

Prezident Budapeshtga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vengriya tomonining taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Budapesht shahrida Vengriya Prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv va Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Bu muloqotlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Prezidentimiz Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring