Ilk qadam tashlandi: Prezident aytgan xalqaro yoshlar tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, Adliya vazirligi muassasa shaklidagi «O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi» nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.
Muassasa shaklidagi «O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi» nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan va xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish hisoblanadi.
— Hozirda ko‘plab yoshlarimiz xorijda ishlab, o‘qib yuribdi. Ularni O‘zbekistonga qaytarish uchun barcha ishni amalga oshiramiz. Jumladan, O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tashkil etish rejamizda bor. Qolaversa, kelgusi yili Markaziy Osiyo yoshlar forumini o‘tkazish ham rejalashtirilgan, — degan edi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter