Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatildi

Bugungi yig‘ilishda Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
«Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Vazirlarga yaxshi ko‘rinish uchun, ular nimani bersa, shuni ko‘tarib kelmasdan, masalalarni o‘rganib, aybdorlarni jazolash bo‘yicha nega taklif kiritmaydi?», — dedi davlatimiz rahbari.
Faoliyatidagi kamchilik va muammolarni hisobga olib, Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi.
Shu bois ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilishi belgilandi.
Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablag‘larni faqatgina to‘g‘ri sarflanishini emas, balki nima samara berganini, aholi bundan qanchalik rozi bo‘lganini ham o‘rganadi.
Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, «aravasini tortmayotgan» rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar bo‘yicha o‘z taklifini har oyda Prezidentga kiritadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter