Pompeo sobiq ittifoq mamlakatlariga safarini boshlamoqda: Kiyev — Minsk — Nur-Sulton — Toshkent
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 29-yanvardan 4-fevralgacha sobiq ittifoq mamlakatlariga tashrifni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. Xabarda amerikalik siyosatchi Kiyev, Minsk, Nur-Sulton va Toshkentda bo‘lib, davlat rahbarlari bilan uchrashishi aytilgan.
Katta turne arafasida Mayk Pompeo 29-yanvar kuni Londonda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hamda Qo‘shma Qirollik tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bilan uchrashadi.
Mayk Pompeoning tashrif dasturi
30-yanvar
Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko va mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyuk bilan uchrashuv.
1-fevral
Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan uchrashuv.
1-2-fevral
Nur-Sultonda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, respublika birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashuv.
2-3-fevral
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvlarda qatnashadi.
Toshkentda Pompeo shuningdek C5+1 mamlakatlari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida qatnashib, AQShning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasini hamkasblari bilan muhokama qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter