Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Toshkentga keldi
Joriy yilning 8-9 noyabr kunlari mamlakatimizda o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng, yuqori martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Avvalroq Qozog‘iston bosh vaziri kutib olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter