O‘zbekistonning barcha qishloq tumanlarida «Tomorqa xizmati» MChJlar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 26-aprel kuni «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekkani haqida xabar bergan edik.
Qarorga ko‘ra, barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi quyidagilar orqali fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam ko‘rsatish hisoblangan «Tomorqa xizmati» MChJlar tashkil etildi.
Mazkur MChJlarning asosiy vazifasi — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urug‘lar, ko‘chatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar yetkazib berish, yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, sug‘orish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari o‘rnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sug‘orishni tashkil etish, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishdan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter