Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Xabar.uz

Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tayotgan brifingda bugun, soat 08:00 dan boshlab Respublikada muhim siyosiy jarayon – muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov jarayonlari boshlangani e’lon qilindi.

Brifingda qayd etilishicha, saylovlar respublika bo‘yicha 10 784 ta saylov uchastkalarida hamda 39 ta mamlakatdagi, jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Xitoy va Hindiston kabi davlatlardagi O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalarida tuzilgan 56 ta saylov uchastkalarida o‘tkazilmoqda.

28-iyun – 5-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan muddatidan avval ovoz berish jarayonlarida esa jami 815 313 nafar saylovchi ishtirok etgan va ovoz bergan. Ulardan 180 729 nafari xorijda va 634 584 nafari esa respublika ichkarisida ushbu siyosiy jarayonlarda ishtirok etganlar.

Mazkur saylovda jami 19 mln 593 ming 838 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring