O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibi lavozimidan ketadi
ShHT bosh kotibi lavozimida 3 yil faoliyat olib borgan o‘zbekistonlik Vladimir Norov missiyasi yakunlanayotgani sababli lavozimini tark etadi.
Bu haqdagi qaror ShHT sammitidagi yig‘ilishda barcha a’zolar tomonidan tasdiqlandi. ShHTning yangi bosh kotibi xitoylik Jan Min bo‘ladi va u o‘z vazifasiga 2022 yil yanvardan kirishadi.
Vladimi Norov ushbu lavozimga 2018 yilda tayinlangan va 2019 yil yanvardan bajarishga kirishgandi.
Eslatib o‘tamiz, ShHTning 21-sammiti 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter