Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari gaplashib olishdi

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari gaplashib olishdi

4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida M.Chavusho‘g‘li O‘zbekiston tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tinchlik, xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini ta’minlash, ushbu hududning barqaror rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan qat’iy chora-tadbirlarni Turkiya qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Ikki va ko‘p tomonlama shakldagi rejalashtirilgan tadbirlarnining tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Shu jumladan, Toshkent shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan tashqi siyosat, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul idoralar rahbarlari darajasidagi «O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya» uch tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.

Biroz avval Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan Qoraqalpog‘iston bo‘yicha rasmiy Pekin pozitsiyasini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring