O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Xivada (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 30 mart kuni Xorazmga bordi.
Urganch xalqaro aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning rafiqasi tantanali kutib olindi. Milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Yig‘ilganlar o‘zbek va turk xalqlari do‘stligini olqishladi.
Davlat rahbarlari bugun birgalikda Xivadagi qadimiy obidalarni ziyorat qiladi. Ma’lumki, Xiva shahri Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter