O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari mintaqadagi vaziyatni muhokama qilishdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarining matbuot xizmati xabar qilishicha, suhbat chog‘ida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan. Mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter