«Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz kelishuvida siyosiy shartlar yo‘q», — Peskov vazir Mirzamahmudovning so‘zlarini tasdiqladi
Bir necha kun muqaddam O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov mahalliy OAVga bergan intervyusida Rossiya bilan tabiiy gaz bo‘yicha hamkorlik hech qanday siyosiy shartlar asosida emas, faqatgina tijoriy kelishuv bo‘yicha shartnoma tuzilishini aytgan edi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham vazirning ushbu so‘zlarini tasdiqladi.
«Hech kim gaz evaziga siyosiy shartlar qo‘yayotgani yo‘q.
Gap faqatgina ishtirokchi mamlakatlar manfaatlarini ko‘zlagan holda tijoriy kelishuv haqida ketyapti. Bu boradagi ishlar davom etmoqda»,— deya ta’kidladi Peskov.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik haqida to‘xtaldi.
«Har qanday davlat o‘z energoresurslarini sotishda tijoriy shartnomalarga asoslanadi. Hech kim gaz evaziga siyosiy shartlar qo‘yilishi haqida gapirmadi, bu haqda umuman gap bo‘lishi mumkin emas», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter