Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Foto: Prezident matbuot xizmati

7-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, ishonch va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Koronavirus tarqalishi oqibatlarini tez fursatda yengib o‘tish maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari darajasida yaqindan muvofiqlashuv va faol almashinuvlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surish, tadbirkorlar va hududlarning yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali kooperatsiyani kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazishga alohida e’tibor berildi.

Mintaqadagi voqealar rivoji yuzasidan ham fikr almashildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Qirg‘izistondagi vaziyat ushbu mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring