Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari bir-birlarini va ikki mamlakatning qardosh xalqlarini kirib kelayotgan yangi 2021-yil bilan samimiy tabrikladilar, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘tayotgan yilning barcha xatar va qiyinchiliklariga qaramay, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanishi ta’minlanganligi alohida ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, savdo portfelini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va energetika sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish lozimligini qayd etdilar. Hududlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, madaniy-gumanitar almashinuvning keng dasturini amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentiga 2021-yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring