Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara bo‘yicha kelishib oladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara bo‘yicha kelishib oladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi va  Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi tayyorlandi.

Hujjatga ko‘ra, Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasining boshlang‘ich nuqtasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegaralarining tutashgan joyi hisoblanadi.

Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasining so‘nggi nuqtasi Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlat chegaralarining tutashgan joyi hisoblanadi.

Davlat chegarasining demarkatsiyalangan chizig‘ining uzunligi 2356,666 km. Tomonlar davlat chegarasi chizig‘iga jami 1301 ta chegara belgilarini o‘rnatdi.

Jami 1672 ta chegara postlari o‘rnatildi, jumladan, asosiylari – 868 ta, shundan Qozog‘iston tomoni – 437 ta, O‘zbekiston tomoni – 431 ta post o‘rnatgan. Oraliq chegara ustunlari — 804 ta, shundan Qozog‘iston tomoni — 428 ta, O‘zbekiston tomoni — 376 ta o‘rnatgan.

Shartnoma kuchga kirgandan so‘ng, tomonlar davlat chegarasi chizig‘ining belgilanishini har 10 yilda bir marta birgalikda tekshiradi. Kelishuvga ko‘ra, tekshirish shartlari o‘zgartirilishi, shuningdek, davlat chegarasi chizig‘ining alohida uchastkalarida belgilanishining birgalikdagi tekshiruvlari ham o‘tkazilishi mumkin.

Qayd etilishicha, farmoni loyihasi Qozog‘iston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring