O‘zbekiston Alisher Navoiy yodgorligi bo‘yicha «Tolibon»ga murojaat qildi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov Alisher Navoiy yodgorligi bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.
«Afg‘onistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni qayg‘u bilan qabul qildik.
Ushbu masala yuzasidan Afg‘oniston hukumati vakillari bilan bog‘landik. Ularning ta’kidlashicha, ushbu vandalizm holati qardosh O‘zbekiston bilan ko‘p asrlik do‘stona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori bo‘lgan hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, noma’lum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati natijasi bo‘lib, umumiy tarixiy va madaniy merosimizga zarar yetkazadi.
Afg‘oniston hukumati vakillari yodgorliklarni tiklash va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish choralarini ko‘rishini ma’lum qildilar», deyiladi izohda.
Elatib o‘tamiz, avvalroq Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiyga o‘rnatilgan haykal «Tolibon» buyrug‘i bilan olib tashlangani bo‘yicha xabarlar tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter