Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston TIV yana Termiz-Hayraton ko‘prigidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston TIV yana Termiz-Hayraton ko‘prigidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston TIV rasmiy vakili bayonotiga ko‘ra, 15-avgust soat 10.00 holatida Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagan. 

Xususan, ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.

Bunga faol siyosiy va diplomatik sa’y-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi, deyiladi TIV rasmiy vakili bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 14-avgust kuni Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruh davlat chegarasini kesib o‘tgani xabar qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring