Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov kim?

O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov kim?

Narzullo Oblomurodov Ekologik partiyadan nomzod sifatida tasdiqlandi. Partiyaning III s’yezdida Oblomurodov nomzodi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan.

«Atrof-muhitni asrashga oid fan maktabgacha ta’lim muassasidan boshlab majburiy o‘qitilishi kerak. Partiya eko-siyosatni davlat darajasiga olib chiqishni rejalashtirgan», — deydi Oblomurodov.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi prezidentlik saylovlarida «Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostida qatnashadilar.

Narzullo Naimovich Oblomurodov 1975-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni tamomlagan. Mutaxasisligi iqtisodchi. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

2020-2021-yillarda Narzullo Oblomurodov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida mamlakatimizda tobora dolzarb bo‘lib borayotgan ekologik muammolarni hal etishda ishtirok etgan.

2021-yil 1-fevraldan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Narzullo Oblomurodov oilali, uch nafar farzandi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring