Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vazirining muzokaralari boshlandi (foto)

O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vazirining muzokaralari boshlandi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 15-iyul kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deb yozadi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari ham hozir bo‘ldi.

Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring