O‘zbekiston — kontinental va global xavfsizlik tizimining ajralmas qismi
Bugun Markaziy Osiyo xalqaro institutida «O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining holati va istiqbollari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Myunxen xavfsizlik konferensiyasi raisi Volfgang Isinger, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner, Konrad Adenauer jamg‘armasi vakillari, ekspertlar hamjamiyati va ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Muloqotda O‘zbekiston-Germaniya siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalari, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan konstruktiv muloqot doirasida rivojlanishining dinamik va ilg‘or xususiyati ko‘rib chiqildi.
Germaniya tomoni O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi kontinental va global xavfsizlik tizimining ajralmas qismi ekanligini qayd etib, o‘zlariga muhim sherik sifatida ko‘rishlarini ta’kidladilar.
Shuningdek so‘nggi yillarda davlatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash deyarli 60 foizga oshib, Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash statistikasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biriga aylangan.
Bugungi kunda Germaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekistonning eng asosiy savdo-iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2020 yili nemis kompaniyalari tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan sarmoyalar hajmi 700 million dollardan oshdi.
Eslatib o‘tamiz, «Xabar.uz» Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan intervyu uyushtirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter