Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston TIV Qorabog‘ bo‘yicha yangi bayonot berdi

O‘zbekiston TIV Qorabog‘ bo‘yicha yangi bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Qorabog‘da bo‘lib o‘tgan saylovlarni tan olmaydi. Tashqi ishlar vazirligi bu haqda maxsus bayonot berdi. 

«O‘zbekiston Respublikasi do‘st Ozarbayjon Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi, uning ichki ishlariga har qanday aralashuvni qoralaydi va 2023-yil 9-sentabr kuni Qorabog‘da o‘tkazilgan qo‘shtirnoq ichidagi prezident saylovlarini tan olmaydi», deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tish kerak, Tog‘li Qorabog‘ milliy assambleyasi (parlamenti) Samvel Shahramanyanni tan olinmagan respublikaning yangi prezidenti etib sayladi. Unga parlamentdagi 23 deputatdan 22 nafari ovoz berdi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘dagi prezidentlik saylovini «Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyasi va qonunlari, xalqaro huquq normalari va tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish» deb atagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring