Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘onistondan nemis fuqarolarini evakuatsiya qilishda yordam beradi

O‘zbekiston Afg‘onistondan nemis fuqarolarini evakuatsiya qilishda yordam beradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlatimiz rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda mintaqaviy hamkorlikning eng muhim jihatlari muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu mamlakatdagi harbiy-siyosiy keskinlikning kuchayishi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekani ta’kidlandi.

Afg‘on muammosining tinch yo‘l bilan hal etilishiga ko‘maklashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlashuvlar olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik ham davom ettiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring