Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ostona forumida Orol taqdiriga doir muhim masala ko‘tarildi

Ostona forumida Orol taqdiriga doir muhim masala ko‘tarildi

Markaziy Osiyoda ekologik fojianing oldini olish uchun Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga ko‘proq mablag‘ ajratish kerak. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 8 iyun kuni Ostonada boshlangan xalqaro forumdagi nutqida gapirdi.

«Amudaryo va Sirdaryo – mintaqamizdagi ikki buyuk daryoning suv sathi 2050 yilga borib taxminan 15 foizga kamayadi. Suv muammosi va iqlim o‘zgarishi o‘zaro bog‘liq muammolardir. Markaziy Osiyo shunday mintaqaki, suv xavfsizligi faqat yaqin hamkorlik va birgalikdagi samarali chora-tadbirlar orqaligina ta’minlanishi mumkin», – dedi Qozog‘iston prezidenti.

Q.To‘qayev shu kabi jiddiy ekologik muammolarni muhokama qilish uchun 2026 yilda Qozog‘istonda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar shafeligida Mintaqaviy iqlim sammitini o‘tkazishni taklif qilgan.   

Ostona xalqaro forumida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham qatnashdi.

«Kazinform» agentligi xabariga ko‘ra, A.Aripov ham o‘z chiqishida xalqaro hamjamiyat, xususan, xorijiy investorlarni Orol muammosini hal etishga chaqirgan.

Avval xabar berganimizdek, «Muammolarni muloqot vositasida hal etish: hamkorlik, farovonlik va taraqqiyot yo‘lida» shiori ostida o‘tkazilayotgan anjumanda iqlim o‘zgarishi, energetika xavfsizligi va oziq-ovqat yetishmasligi kabi dolzarb muammolarga yechim izlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring