Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qodir Jo‘rayev: Ilk bor «Markaziy Osiyo + Afg‘oniston» formatiga asos solinadi

Qodir Jo‘rayev: Ilk bor «Markaziy Osiyo + Afg‘oniston» formatiga asos solinadi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev.

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi haqida fikr bildirdi.

– Nufuzli Toshkent xalqaro konferensiyasi qo‘shni Afg‘onistonni jahon hamjamiyati va Markaziy Osiyoda yuz berayotgan faol jarayonlarga keng jalb qilishi kutilmoqda. Shu maqsadda anjuman arafasida mintaqaviy hamkorlikning yangi shakli sifatida «Markaziy Osiyo + Afg‘oniston» (C5+1) birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur format Afg‘onistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilma aloqalari tizimining muvaffaqiyatli integratsiyasi, mintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi, – dedi u.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli konferensiya yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratish, afg‘on xalqining mintaqa hamda butun dunyodagi ijobiy jarayonlarga jalb qilinishini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar aks etishi aytilmoqda, deb xabar berdi «O‘zA».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring