Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy va Janubiy Osiyo olimlari uchun soddalashtirilgan viza tartibini joriy etish taklif qilindi

Markaziy va Janubiy Osiyo olimlari uchun soddalashtirilgan viza tartibini joriy etish taklif qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» konferensiyasi davomida ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish tashabbusi bilan chiqish qildi.

Davlat rahbari mintaqa davlatlari bilan birgalikda qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion ishlarni olib borish, ilmiy va o‘quv stajirovkalarini, tajriba almashish dasturlarini rag‘batlantirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

«Shu munosabat bilan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining olim va tadqiqotchilari uchun soddalashtirilgan viza tartibini joriy etish, shuningdek, universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha onlayn-platforma yaratishni taklif etamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring