Ochilboy Ramatov, Ruslanbek Davletov, Alisher Shodmonov. Partiyalar kimlarni bosh vazir lavozimiga taklif qilmoqchi?
25-oktyabr kuni «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan siyosiy partiyalar, OAV, blogerlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilgandi.
Ushbu uchrashuvda O‘zXDP siyosiy partiyalar tomonidan saylovda ko‘p ovoz to‘plangan taqdirda bosh vazir lavozimiga bosh vazir o‘rinbosari, Transport vaziri Ochilboy Ramatov nomzodini ilgari surishini ma’lum qilgan.
«Kun.uz» nashri shu ma’lumot asosida boshqa partiyalarning fikrini o‘rgangan.
Jumladan, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi rahbari Narimon Umarovga ko‘ra, Adliya vaziri lavozimida ishlayotgan Ruslanbek Davletov partiyaning bosh vazirlikka ko‘rsatishi rejalashtirilgan asosiy nomzodi hisoblanadi.
Bundan tashqari, «Adolat»da partiya a’zolari bo‘lgan – Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov nomzodi ham bor.
O‘zLiDep raisi Aktam Hayitov esa amaldagi bosh vazir Abdulla Aripovni yana bir bor bu lavozimga tavsiya etishlarini bildirgan.
«Milliy tiklanish» partiyasi esa nomzodlar borligini ma’lum qilgan, ammo ularning nomini ochiqlamagan.
Ekologik partiyaning nomzodlari esa quyidagicha: «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Odil Temirov, «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev hamda «Agromir group» assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi Shavkat Jalolov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter