Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuv o‘tkazildi

Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: TIV axborot xizmati

Bugun, 5-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda istiqbollarini muhokama qildilar.

Vazirlar yaqinda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib oo‘tgan siyosiy maslahatlashuvlar VI davrasining samarali natijalarini mamnuniyat bilan qayd etdilar va barcha darajalarda konstruktiv muloqotni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Muzokaralarda ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan mintaqalararo transport-logistika loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda Afg‘oniston masalasi bo‘yicha ham fikr almashildi. O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri afg‘onlararo muzokaralarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borayotgan amaliy ishlarini Eron tomoni yuqori baholadi.

Uchrashuv davomida Eron tomoni joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasida ishtirok etish istagida ekanligini tasdiqladi.

Tadbirda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring