Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev xitoylik yuqori martabali mansabdorni qabul qildi

Mirziyoyev xitoylik yuqori martabali mansabdorni qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Xitoy delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga XXR Raisi Si Szinpin va Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Joriy yil yanvar oyida Xitoyga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi tahlil qilindi.

Qo‘mita faoliyati samarali natijalar berayotgani, tovar ayirboshlash va jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi barqaror oshayotgani, muntazam aviaqatnovlar soni ko‘payib borayotgani, madaniy tadbirlar faol o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo ko‘rsatkichlarida muvozanatni ta’minlash va mamlakatimiz mahsulotlarining Xitoy bozoriga kirishi uchun qulay sharoitlar yaratish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar kooperatsiyasini kengaytirish, gumanitar, ta’lim va turizm dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, «Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha ishlarning amaliy bosqichini tez fursatda boshlash bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring