Mirziyoyev va Putin Qozog‘istonga borishdi

Bugun, 20-oktabr kuni O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Turkiston viloyati (Qozog‘iston) Sariog‘och shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazishdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin va Nursultn Nazarboyev savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohada o‘zaro fikr almashganlar. Shuningdek, uchala davlatning MDH va boshqa tuzilmalardagi hamkorligi muhokama qilingan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter