Mirziyoyev va Putin «Qandim» kompleksi haqida suhbatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.
Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida barcha sohalardagi o‘zaro aloqalar, strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama etishgan.
Suhbat davomida kecha, 19-aprel kuni ochilgan Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ochilishi muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi ishtirokida barpo etilgan mazkur yuqori texnologiyali korxona O‘zbekistonda neft-gaz sanoatining yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishi qayd etilgan.
Prezidentlar, shuningdek, yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvalini ham muhokama qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter