Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Medvedev Rossiyada AQSh tovarlarini cheklashni taklif qildi

Medvedev Rossiyada AQSh tovarlarini cheklashni taklif qildi

Foto:«RIA Novosti»

11-aprel kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev AQSh joriy etayotgan sanksiyalarga javoban mamlakatda AQSh tovarlari sotilishini cheklashni taklif qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

U, shuningdek, Rossiyaning sanksiyalarga javob rejasi bo‘yicha yakuniy qarorni Rossiya prezidenti ko‘rib chiqishini aytgan.

«Bozorlarimizda AQSh mahsulotlari ko‘p. Alohida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan qimmatli qog‘ozlargina emas, amerikalik ishbilarmonlar ishlab chiqaradigan qator mahsulotlar ham shunga kiradi», — degan Medvedev.

Avvalroq AQSh joriy etgan qator sanksiyalarga Rossiya ham munosib javob berishi haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring