Ukrainada Kiyev hamda ayirmachilar o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
Kiyev hamda Donbassdagi ayirmachilar o‘rtasida 27-dekabr, chorshanba kuni o‘zaro mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Le Monde» nashri xabar berdi.
Ayirmachilar Donbassda saqlanayotgan 74 nafar ukrainalikni ozod qilishgan, Ukraina hukumati esa 250 nafar mahbusning uylariga qaytishiga ruxsat bergan.
Ikkala tomondan ham mahbuslar orasida harbiylar va oddiy fuqarolar hibsga olingan edi. Shuningdek, 30 nafarga yaqin Rossiya fuqarolari ham ozod qilingan.
Ushbu olamshumul operatsiya Mayorskiy o‘tish joyida amalga oshirilgan va u ikki soatga yaqin davom etgan.
Aslida Ukraina hududida saqlanayotgan 306 kishi qaytarilishi kerak edi, ammo 15 kishi avtobusga chiqish oldidan fikridan qaytgan va ayirmachilar hududiga o‘tishni istamagan. Boshqalar esa avvalroq Ukraina hududida qolishni istashayotganini ma’lum qilishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina sharqida 2014-yildan buyon notinch vaziyat hukm surmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter