Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Madaniyat to‘g‘risida»gi hamda «Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda

«Madaniyat to‘g‘risida»gi hamda «Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Foto:

24 yanvar kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etdi.

Tadbirda fraksiya rahbari Sarvar Otamuratov bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili «Milliy tiklanish» fraksiyasi 20 ta qonun loyihasi ishlab chiqishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan. Shuningdek, 2017 yil 12 iyuldagi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, fraksiya a’zolari tomonidan alohida 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilib, uning 2 tasi ikkinchi o‘qishda qabul qilingan.

Ayni paytda fraksiya tomonidan madaniyat sohasiga oid 2 ta – «Madaniyat to‘g‘risida»gi hamda «Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilyapti, «Turizm to‘g‘risida»gi qonun loyihasi esa takomillashtirilyapti.

Anjumanda aytilishicha, parlament va partiya rasmiy veb saytiga, fuqarolardan hamda yuridik shaxslardan fraksiya a’zolariga yil mobaynida kelib tushgan 1, 5 mingdan ortiq murojaatning 90 foizi ijobiy hal etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring