Lavrov Efiopiyadan to‘g‘ri Toshkentga keldi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Efiopiyadan Toshkentga keldi.
Lavrovni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kutib oldi.
Sergey Lavrov 23-27 iyul kunlari Afrika davlatlariga safarlar qilgan va Efiopiyadan to‘g‘ri Toshkentga kelgan.
Rossiya TIV rahbari ertaga, 29 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter