Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kseniya Sobchak Vladimir Putinni sudga berdi

Kseniya Sobchak Vladimir Putinni sudga berdi

Foto: «Korrespondent»

Rossiya prezidentligiga nomzod Kseniya Sobchak Oliy sudga Vladimir Putinni prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olish yuzasidan shikoyat qildi.

«Sud majlisi 16-fevral, soat 10:00da bo‘lib o‘tadi», deb xabar berdi sud, deyiladi «Korrespondent» nashrida.

O‘z shikoyatida Sobchak Oliy suddan «Rossiya Federatsiyasi markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2018-yil 6-fevralda V.V.Putinni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan qarorini noqonuniy deb topib, bekor qilishni so‘ramoqda».

Shikoyatda ta’kidlanishicha, Konstitutsiya bo‘yicha Putinning bu lavozimni qayta egallashga hech qanday huquqi yo‘q. Sababi, u mazkur lavozimda ikki yil ketma-ket o‘tirdi.

Shu o‘rinda, Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Nikolay Bulayevning aytishicha, Putinning saylovlarda ishtirok etishida to‘siqlar mavjud emas.

Hozirda 70 foiz rossiyaliklar o‘z ovozlarini Vladimir Putinga berishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring