Komilov va Lavrov Afg‘oniston va «Tolibon» masalasini muhokama qildilar
Bugun, 17-mart kuni muntazam siyosiy maslahatlashuvlar amaliyoti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbat qildi.
TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga doir masalalar suhbatning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Vazirlar tomonidan Toshkent forumiga tayyorgarlik jarayoni, mazmuniy qismi, uning yakuniy hujjati loyihasi va Afg‘oniston muammosini siyosiy hal qilish choralarini topish masalasi bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘oniston markaziy hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlash lozimligi bo‘yicha umumiy fikr izhor etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter