Keng doiradagi uchrashuvda hujjatlar imzolandi
![Keng doiradagi uchrashuvda hujjatlar imzolandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3936873508.jpg)
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan va unda bir qator muhim hujjatlar imzolangan.
Xususan:
- O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Ozarbayjon Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o‘rtasida Anglashuv Memorandumi;
- O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan Ozarbayjon Raqamli rivojlanish va transport vazirligi o‘rtasida Anglashuv Memorandumi;
- O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
- Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
- Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitim;
- Harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimlar;
- noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim va Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi;
- sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi va mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
- O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi Deklaratsiya imzolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter