Keng doiradagi muzokaralar: O‘zbekiston va Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi
Prezidentning matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bugun, 1-oktyabr kuni muzokaralarni keng doirada davom ettirdi.
Aholisi soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi Hindiston ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot darajasi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, dasturlash, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish sohalarida ilg‘or hisoblanadi.
Bu sohalar rivojiga katta e’tibor qaratayotgan O‘zbekiston uchun ham Hindiston tajribasi va texnologiyalari muhim. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston istiqbolli hamkor sanaladi.
Keng doiradagi muzokaralarda savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter