Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karimov paytida O‘zbekiston haqida yaxshi bilmasdim — hind elchisi (video)

Karimov paytida O‘zbekiston haqida yaxshi bilmasdim — hind elchisi (video)

Xabar.uz tahririyati Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Manish Prabhat bilan intervyu uyushtirib, Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev davridagi o‘xshashlik va farqlar haqida savol bilan murojaat qildi.

– Tarix fanidan ta’lim olganman va uni juda yaqindan o‘rganganman, deyishim mumkin. Siz bugungi kunimiz haqida savol berdingiz. Rostini aytsam, men birinchi prezident davrida O‘zbekiston haqida keng tassavvurlarga ega emas edim. Lekin shuni bilamanki, Hindiston va O‘zbekiston doim yaxshi do‘st bo‘lgan. Prezident Islom Karimov bir necha marotaba Hindistonga tashrif buyurgan. 2011 yilda Islom Karimovning tashrifi chog‘ida Hindiston va O‘zbekiston strategik sheriklarga aylanganidan xabaringiz bor. Demak, bu juda muhim yutuq edi. Prezident Janobi Oliylari Shavkat Mirziyoyev davrida, biz mamnuniyat bilan aytishimiz mumkinki, O‘zbekistonning Hindiston bilan do‘stlik siyosati yanada yaxshilandi va an’ana davom ettirildi.

Shavkat Mirziyoyev 2018 va 2019 yillarda Hindistonga ikkita tashrifni amalga oshirdi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikning o‘sishi, siyosiy, iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar ta’lim va boshqa sohalardagi muvaffaqiyatli aloqalarni alohida qayd etishimiz mumkin. O‘ylaymanki, bunga Prezident Mirziyoyevning O‘zbekistonni yaqin tashqi siyosat uchun xorijiy sarmoyalarga ochishi va isloh qilish bo‘yicha qarashlari ko‘proq yordam bermoqda.

Mirziyoyev O‘zbekistonda demokratik, saylovlar, sud-huquq, ommaviy axborot vositalari islohotlari o‘tkazish orqali tom ma’noda mamlakatni zamonaviy davlatga aylantirishga katta hissa qo‘shmoqda. O‘zbekiston bugun maqsadlar sari g‘oyat qat’iyat bilan olg‘a bormoqda. Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin do‘stlik tufayli ushbu islohotlar davrida bu munosabatlarning rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shuning uchun men bundan xursandman, — dedi hind elchisi.

Intervyuni to‘liq quyida ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring