Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki «Obod qishloq» uchun katta investitsiya kiritmoqda

Jahon banki «Obod qishloq» uchun katta investitsiya kiritmoqda

Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami munosabati bilan qutlov maktubi yo‘lladi.

«Men O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning sur’ati, miqyosi va ko‘lamidan hanuz chuqur hayratdaman. Sizga O‘zbekiston inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyihamizning dastlabki bosqichlarida ishtirok etayotgani uchun ham samimiy minnatdorlik bildiraman. Siz ham mazkur yo‘nalishdagi yetakchi davlat rahbari sifatida bizning bu boradagi sa’y-harakatlarimizga shaxsan qo‘shilasiz, deb umid qilaman» deyiladi maktubda.

Shuningdek, Jim Yong Kim umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8 ta qo‘shimcha loyiha tayyorlanayotganini yozgan. Bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan «Obod qishloq» dasturini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.

Bungacha AQSh Prezidenti Donald Tramp va XXR Raisi Si Szinpin nomidan qutlovlar kelgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring