Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya prezidenti tantanali kutib olindi (foto)

Italiya prezidenti tantanali kutib olindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

10 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Italiya Prezidenti va uning qizi – mamlakat birinchi ledisini O‘zbekiston Prezidenti va rafiqasi samimiy qarshi oldilar.

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring