Isroildagi o‘zbekistonliklar jiddiy ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi qator ogohlantirishlar bilan chiqdi.
SAXAL (Isroil Mudofaa Armiyasi) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22-iyun soat 03:45 dan 23-iyun 8:00 gacha, mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi.
Bu qaror mamlakatdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qabul qilindi.
Shunga muvofiq:
Ilgari «cheklangan faoliyat» deb belgilangan hududlarda endi «zarur hollarda faoliyat» tartibi joriy qilindi.
Barcha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Barcha ishlab chiqarish korxonalari yopiladi, faqat harbiy va tinch aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tarmoqlar bundan mustasno.
Ish joyiga borish taqiqlanadi.
"Yurtdoshlarimizni yana bir bor xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, mamlakatda bo‘lish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqiramiz", deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter