Iroq rasmiylari Saddam Husaynning qizini eng ko‘p qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritishdi
Iroq hukumati birinchi marta eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilarning ro‘yxatini e’lon qildi. «Al Sumaria» telekanalining yakshanba kungi xabarida aytilishicha, ro‘yxatga 60 nafar jinoyatchi, shu jumladan Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husaynning Iordaniyada yashayotgan katta qizi Rag‘ad ham kiritilgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Hujjatda IShID terrorchi guruhining 28 nafar qo‘mondoni, «al-Qoida»ning 12 nafar yetakchisi hamda Arab uyg‘onish sotsialistik partiyasi (partiya 2003-yili tarqatib yuborilgan) xodimlari, shu jumladan Rag‘adga nisbatan qo‘yilgan ayblar va ma’lumotlar keltirilgan. Biroq ro‘yxatda IShID yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiyning nomi yo‘q. Uning qayerda ekanligi hamon sirligicha qolmoqda.
Telekanal manbasi ta’kidlaganidek, barcha ayblanuvchilar Iroqdan tashqarida istiqomat qiladi. Ularni ekstraditsiya qilish masalasi Interpol bilan birgalikda hal qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter