Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet tarmog‘ida davlat mulkini sotish uchun yagona portal tashkil etiladi

Internet tarmog‘ida davlat mulkini sotish uchun yagona portal tashkil etiladi

Foto: «Boomerengineering.com»

Internet tarmog‘ida davlat mulkini sotish uchun yagona portal tashkil etiladi. Mazkur masala «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur masala O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi parlamentga murojaatida ko‘tarilgandi. Murojaatda yaqin kelajakda barcha davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini sotish uchun Internet tarmog‘ida yagona maydon tashkil etish lozimligi, bu budjet xarajatlarini qisqartirish, davlat mulkini samarali boshqarish va katta moliyaviy mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berishi aytilgandi.

Davlat dasturi kecha, 22-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.

Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan. Undan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan. 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring