Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emomali Rahmon tashrifi oldidan o‘zbek-tojik anjumani bo‘lib o‘tdi

Emomali Rahmon tashrifi oldidan o‘zbek-tojik anjumani bo‘lib o‘tdi

Foto: Xabar.uz

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi oldidan o‘zbek-tojik strategik hamkorligi bo‘yicha o‘tkazilgan anjuman yakunlandi.

Bugun, 1 iyun kuni Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida «Markaziy Osiyoning barqaror riivojlanishini ta’minlashda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklikning ahamiyati» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ikki davlatning yetakchi tahlil institutlari ekspertlari qatnashdi.

— Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning tashrifi oldidan o‘tkazilgan bunday anjumanning ahamiyati ikki millat uchun ham foydali va manfaatli bo‘ladi. Men o‘zbek va tojiklarning abadiy do‘stligi haqida so‘zlovchi «Navoiy va Jomiy» filmi zo‘r loyiha bo‘lganini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu kartinani intiq bo‘lib kutyapmiz, — dedi Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2-3 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

Ikki kunlik tashrif davomida u O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi, bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashrif chog‘ida investitsiya forumi, tadbirkorlar uchrashuvi, mintaqaviy ilmiy-amaliy anjuman va bir qator madaniy tadbirlar ham o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring